Lubumbashi (1966-yilgacha Elizabetvil) — Kongo Demokratik Respublikasining jan.-sharqiy qismidagi shahar. Shaba (Katanga) viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 852 ming kishidan ziyod (1990-yillar oxirlari). Lobitu — Beyra transafrika t.yildagi stansiya. Transport yoʻllari tuguni. Luano aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. L. iqtisodiy va madaniy mavqei boʻyicha mamlakatda Kinshasadli keyin 2-oʻrinda turadi. Iqtisodining asosini konchilik sanoati va rangli metallurgiya tashkil etadi. L. mis konlari mintaqasida joylashgan.Yirik mis eritish zavodi, kimyo, toʻqimachilik, koʻn-poyabzal, oziqovqat, metallsozlik, mashinasozlik sanoati korxonalari, radioapparaturalar zavodi bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi.

Shaharga 1910-yilda belgiyaliklar tomonidan mis konlari yonida asos solingan va Elizabetvil deb atalgan. 1911-yilda Belgiya-Angliya kompaniyasi tomonidan qurilgan birinchi mis eritish zavodi ishga tushirilgan. Shahar qatʼiy reja asosida qurilgan. Sobor, cherkov, sinagoga (20-asr boshlari), koʻp qavatli binolar, milliy universitet boʻlimlari, etnografiya va afrika tillarini oʻrganish boʻyicha markaz bor.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil