Luciano Pavarotti (talaffuzi Luchano Pavarotti; 12-oktabr, 19456-sentyabr, 2007) italyan tenori va opera vokalchisi boʻlgan. Plácido Domingo va José Carreras bilan birgalikda Uch Tenor triosi aʼzosi edi. Qizil Xoch tashkilotiga yordam tariqasida konsertlar uyushtirgan.

Luciano Pavarotti

Luciano Pavarotti Sankt-Peterburg 300-yilligi yubileyida (31-may, 2003).
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 12-oktabr, 1935
Vafoti 6-sentyabr, 2007
Modena, Italiya
Janrlar Opera
Faoliyat yillari 1961–2006
Fuqaroligi Italiya bayrogʻi Italiya
Turmush oʻrtogʻi Adua Veroni va Nicoletta Mantovani
Amplua Opera qoʻshiqchisi (tenor)
Veb-sayt www.lucianopavarotti.com

Pavarotti oʻz karyerasini Yevropadagi opera teatrlarida boshlagan, biroq soprano Joan Sutherland bilan uchrashmaguncha keng miqyosli xalqaro turnelar uyushtirmagan. 1977-yildan Pavarotti dunyo boʻylab mashhur boʻlib ketdi.

Pavarotti opera olamidan ommaviy madaniyatga 1990-yilgi FIFA Jahon Kubogida (Italiya) aytgan ashulasidan soʻng tanildi. Oʻshanda ilk bora Uch Tenor triosi paydo boʻlgandi. Pavarotti opera va pop-madaniyat orasida duetlar uyushtirgan (masalan, Bono bilan).

2006-yilning iyulida unga oshqozon osti bezi saratoni tashxisi qoʻyildi. U shu kasallikdan soʻng oʻz faoliyatini toʻxtatib, bir yildan koʻproq yashadi va 2007-yilning 6-sentyabrida vafot etdi.[1]

Manbalar

tahrir