Lulliy Raymund
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
LULLIY (Lullius) Raymund (1235, Malorka — 1315, Tunis) — ispan faylasufi, yozuvchi va ilohiyotshunos. 30 yoshida saroy shoiri sifatidagi faoliyatini toʻxtatib, fransiskanlar ordeniga aʼzo boʻlib kirgan va missionerlik bilan shugʻullangan. Keyinchalik Shimoliy Afrikada murabbiylik qilgan. Musulmon va yahudiy ilohiyotshunosligini mukammal bilgan, Yevropada arabshunoslikka asos solgan. L.dan arab va katalan tilida yozilgan 300 ga yaqin asar qolgan. L. dunyoqarashi fransiskanlar va Avgustin taʼsirida shakllangan. U averroizm va uning 2 haqiqat toʻgʻrisidagi taʼlimotiga qarshi chiqib, haqiqiy bilimga ilohiy kashf orqaligina erishish mumkin, deb hisoblaydi. L. fikricha, olam — Xudoning timsoli, har bir narsada ilohiy komillik mujassam boʻlgan. Mazkur taʼlimotni takomillashtirish maqsadida L. tushunchalarning ramziy maʼnolarini qoʻllab, mantiqiy tajribalarni modellashtirish uslublarini ishlab chiqdi. U oʻzining "Buyuk sanʼat" ("Ars magna", 1480) asarida mantiqni haqiqat va yolgʻonni oʻzaro farqlashga yordam beradigan sanʼat deb baholaydi. Shu maqsadda u mantiqiy tafakkurning yangi haqiqatni ochish uslubini maxsus mexanik moslama orqali modellashtirishga harakat qilgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |