Lundkvist Artur Nils
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
LUNDKVIST (Lundkvist) Artur Nils (1906.3.3, Janubiy Shvetsiya, Oberyunga — ?) — shved yozuvchisi, jamoat arbobi. Shvetsiya akademiyasining aʼzosi (1968). "Harorat" (1928), "Oshkora hayot" (1929), "Qora shahar" (1930), "Oq tanli odam" (1932) sheʼriy toʻplamlarida hayot quvonchlarini kuylagan. L.ning "Hayot koʻm-koʻk giyohga oʻxshaydi" (1954), "Soʻzlovchi daraxt" (1960) sheʼriy toʻplamlari, "Vindingdagi vals" (1956), "Ozod oʻqchining hayoti va oʻlimi" (1970), "Samo irodasi" (1971) romanlari, "Qorongʻi oʻrmon" (1967) novellalar toʻplami, "Oqar suvda koʻrganlaring" (1978) nomli nasriy sheʼrlari va boshqa asarlarida realistik tamoyillarning kuchayishi, ijtimoiy mavzularga qiziqish kuzatiladi. Chet el sayohatlari haqidagi kitoblar, tanqidchilik, publitsistikaga oid asarlar va tarjimalar L. ijodida muhim oʻrin egallaydi. L. 1952-yilda Toshkentga kelgan va Oʻzbekiston haqidagi hikoyalardan iborat "Toshkent lolalari" kitobini yozgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |