Lutfulla Mutallib
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Lutfulla Mutallib (1922.11.16 — 1945.9.18) — 20-asr uygʻur shoiri, dramaturg, mustamlakachilikka qarshi kurash tashkilotchisi[1]. Lutpulla Mutallip so’nggi uyg’ur she’riyatida mashhur shoirlardan biridir. Hozirgi zamon Shinjong uygʻur adabiyotining asoschilaridan biri. Dastlab Gʻuljadagi boshlangʻich maktabda (1932—1936), soʻngra Ilidagi rus gimnaziyasida, Urumchidagi Oʻlka oʻqituvchilar tayyorlash institutida (1936—1941) oʻqigan. 1941 — 44 yillarda „Sin Szyan gaziti“ va „Oqsuv gaziti“da ishlagan. Sheʼrlari 1937-yildan „Ili daryosi“ gaz.da eʼlon qilingan („Biz Sin Szyan farzandlari“ va boshqalar). „Muhabbat va nafrat“ (1956) dostoni uygʻur xalqining jamiyat illatlariga qarshi kurashiga bagʻishlangan. L. M. hajviy hikoyalar, „Dovonlar oshganda“ nomli roman, „Samsoq akang qaynaydi“, „Boʻrondan keyin oftob“, „Chaman va Polvon“, „Kurash qizi“, „Tohir va Zuxra“ kabi pyesalar yozgan.
Lutfulla Mutallib | |
---|---|
Tavalludi |
16-noyabr 1922-yil |
Vafoti |
18-sentyabr 1945-yil (22 yoshda) Aqsu |
Fuqaroligi | Xitoy Respublikasi |
Millati | uygʻur |
Dini | islom |
Manbalar
tahrir- Yoshlik xuddi chaqmoq, T., 1976; Yillarga javob, T., 1983.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |