Lvov viloyati
Lvov viloyati (ukr. Lvіvska oblast) — Ukraina tarkibidagi viloyat. 1939-yil 4-dekabrda tashkil etilgan. Volin va Podoliya qirlarida va qisman Ukraina Karpati toglari etaklarida joylashgan. Maydoni 21,8 ming km². Aholisi 2750,6 ming kishi (1997), asosan ukrainlar, shuningdek, rus, polyak, yahudiy, belorus va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Lviv viloyati 20 tumanga boʻlingan; 37 shahar, 38 shaharcha bor. Markazi — Lvov shahri Foydali qazilmalari toshkoʻmir va qoʻngʻir koʻmir, neft, gaz, oltingugurt, kaliy va osh tuzlari, torf, qurilish materiallaridan iborat; mineral buloklar bor. Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi (markaziy qismida) — 4°, iyulniki 18 °C. Yillik yogʻin miqaori 650 mm, togʻlarda 750-1000 mm. Vegetatsiya davri 190- 210 kun. Asosiy daryolari: Dnestr va uning irmoklari. 400 ga yakin sunʼiy suv havzalari bor. Tuproqlari sur tusli, toʻq sur tusli podzollashgan, podzollashgan qoratuproq, togʻlarda podzol, dare vodiylarida oʻtloqi-allyuvial tuproqlar.
Viloyat hududining asosiy qismi oʻrmonli dasht zonasida: janubida Ukraina Karpati togʻlari bor, shimoliy oʻrmon zonasiga kiradi. Viloyat hududining 26% oʻrmon, 30% oʻtloq va botqoushk. Hayvonlardan qobon, yelik, boʻrsiq, bugʻu, tulki, suvsar, tiyin, malla to-vushqon, burgut, qur, karqur yashaydi. Lviv viloyati Ukrainaning muhim sanoat rayoni. Mashinasozlik, metallsozlik, priborsozlik, oziq-ovqat, yengil, qogʻoz, yogʻochsozlik, kimyo, yoqilgʻi, qurilish materiallari sanoatlari rivojlangan. Lvovda avtobus, avtoyuklagich, konvey-yer-qurilish, „Lvivsilmash“, kineskop, televizor zavodlari, Drogobichda iskana (doloto) zavodi bor. Viloyat hududidan „Drujba“ TransYevropa neft quvuri oʻtgan. Oziq-ovqat sanoatida yetakchi tarmoqlar: shakarqand, meva konserva, konditer, pivo, goʻsht, un, spirt va boshqa Trikotaj, poyabzal, koʻn, tikuvchilik, movut fabrikalari bor. Oʻrmon, yogʻochsozlik sanoati ham rivojlangan. Sement kombinati, shisha zavodlari, temir-beton konstruksiyalari zavodlari va boshqa sanoat korxonalari bor. Viloyat qishloq xoʻjaligi gʻallakorlik, zigʻirchilik, lavlagikorlik, kartoshka yetishtirish va sut-gusht chorvachiligiga ixtisoslashgan. Don, texnika ekinlari, sabzavot-poliz va kartoshka, yem-xashak ekinlari ekiladi. Pichanzor va yaylovlar mavjud. Bogʻdorchilik va mevachilik rivojlangan. Chorvachilikda sut-goʻsht chorvachiligi yetakchi oʻrinda. Hovuz baliqchiligi va asalarichilik bilan shugʻullaniladi. Xalq badiiy hunarmandchiligi: yogʻoch oʻymakorligi, badiiy kashtachilik, gilamchilik rivojlangan. Lviv — yirik havo yoʻllari tuguni. 12 oliy oʻquv yurti, 6 teatr, 12 muzey bor. Lviv viloyatida mashhur Truskavets, Lyuben-Velikiy, Morshin, Nemiriv kurortlari, sanatoriy va dam olish uylari joylashgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |