Lyublin
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Lyublin — Polshaning sharqiy qismidagi shahar, Lyublin voyevodasining maʼmuriy markazi. Aholisi 356,2 ming kishi (1999). Mamlakatning muhim sanoat va madaniy markazlaridan. Transport yoʻllari tuguni. Mashinasozlik (avtomobilsozlik, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi), oziq-ovqat, koʻn-poyabzal, yogʻochsozlik sanoati korxonalari bor. Tikuvchilik buyumlari, qurilish materiallari ishlab chiqariladi. L.da bir necha oliy oʻquv yurtlari, universitet, muzeylar, teatrlar bor.
L. qoʻlyozmalarda 10-asrdan tilga olingan. Shaharda 1569-yilda Lyublin uniyasi imzolangan. 1807—15 yillarda Varshava gersogligi, 1815-yildan Rossiya imperiyasi tarkibida boʻlgan. 1918-yildan Polsha tarkibiga oʻtgan. 1939-yilda nemis fashistlari bosib olgan. Shahar yaqinida Maydanek konslageri tashkil etilgan. 1944-yilda nemis fashistlaridan ozod qilingan. 1945-yil 17-yanvarda Varshava ozod qilingunga qadar Polshaning muvaqqat poytaxti boʻlib turgan. Meʼmoriy yodgorliklaridan qasr (13— 16-asrlar), ratusha (14-asr), kostyollar, Lyubomir saroyi (hozirgi universitet), teatr binosi va boshqa saqlangan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |