Lyudvig Maksimilian nomidagi Myunxen universiteti

Myunxen universiteti, Lyudvig Maksimilian nomidagi Myunxen universitetiGermaniyaning qad. va yirik universitetlaridan biri. 1472-yilda Ingolshtadt shahrida tashkil etilgan. 19-asr boshlarida Landsxut shahriga koʻchirilgan. 1826-yildan Myunxen shahrida. Huquq, siyosiy iqtisod, matematika, fizika, kimyo, farmatsevtika, biologiya, geol., tibbiyot, veterinariya, oʻrmon xoʻjaligi, falsafa va boshqa sohalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 60 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi. Kutubxonasi (1472-yiltashkil etilgan)da 1 mln.dan ortiq asar saqlanadi.[1]

Lyudvig Maksimilian nomidagi Myunxen universiteti
Turi universitet
Asos solingan sanasi 1472-yil

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil