Lyuizit
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Lyuizit (amerikalik kimyogar U. Lyuis nomi bilan atalgan) (J-xlorvinildixlorarsin, a-L.), ClCH=CHAsCl2 — rangsiz, hidsiz ogʻir suyuqlik. Mol. m. 207.29. Qaynash temperaturasi 196,6°, suyuqlanish temperaturasi — 2,4°, zichligi 1879 kg/m3. Organik erituvchilarda eriydi, suvda erimaydi. Xorijiy maʼlumotlarga kura, lyuizit — zaharlovchi modda. Uning juda oz miqdori ham yuqori nafas yoʻllarini chidab boʻlmas darajada achishtiradi. 0,2—0,3 mg/sm2 dozasi terini qizartiradi va qattiq ogʻritadi. Terida paydo boʻlgan pufakchalar keyinchalik yaraga aylanadi. Lyuizitning bugʻlari ham shunday taʼsir qiladi. Birinchi jahon urushi oxirida AQShda ishlab chiqarilgan[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |