Lyuksemburgda protestantizm, pravoslavlik va iudaizmdan keyin dindorlar soni boʻyicha Islom eng kam tarqalgan din hisoblanadi. Lyuksemburgda 2008-yildan boshlab islom huquqiy jihatdan rasman tan olingan dinlardan biri hisoblanadi.

NATO hisobotiga koʻra, Lyuksemburgda 4000 ga yaqin musulmon isteʼqomat qiladi. 1970-yillarning oʻrtalarida 300 ga yaqin musulmonlar boʻlsa, 1990-yillarning oʻrtalariga kelib 3000 dan ortiq musulmonlar bor edi. Oʻsha vaqtdan beri musulmonlar soni sobiq Yugoslaviyadan kelgan qochqinlar bilan ikki baravar koʻpaydi, asosan bosniyaliklar hisobiga aholi orasida islom dini vakillari koʻpaydi. Lekin qochqinlar Lyuksemburgda bir necha yildan ortiq qolmaganlar[1][2]. Lyuksemburg va ayrim boshqa Yevropa davlatlarida musulmonlar tarqalishiga asosiy sabablar migratsiya hisoblanadi.

1960-yilgacha Lyuksemburgdagi musulmonlar qoʻshni davlatlardagi diniy tarkibidek juda ozchilikni tashkil etar edi, biroq musulmonlar kela boshlagandan soʻng asta-sekin butun Lyuksemburg mamlakati boʻylab joylasha boshladilar. Bugungi kunga qadar Lyuksemburgda oltita masjid mavjud: Mamerda (shuningdek, Islom madaniyati markazi binosi), Niderkorn, Esch-sur-Alzette, Vilts, Diekirch va Lyuksemburgda (Avenue de la Gare) shahr hududlarida masjidlar mavjud. Lyuksemburgda 12 000 musulmon isteʼqomat qilmoqda. Hozirgi kunga kelib Lyuksemburgning aholi tarkibi orasida dindorlar soni boʻyicha Islom ikkinchi oʻrinda turadi. Lyuksemburgda katoliklikdan keyin Islom dini eng koʻp tarqalgan din hisoblanadi. Biroq, bu raqam faqat taxmin va tasdiqlanmagan. Bundan tashqari, barcha musulmonlarning fuqaroligi bormi yoki yoʻqligi maʼlum emas.

Manbalar

tahrir
  1. „Anti-Islamic reactions in the EU: Luxemburg“. European Monitoring Centre on Racism and Xenophobia. 2009-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-avgust 2012-yil.
  2. „Immigration in Luxembourg: New Challenges for an Old Country“. Migration Information Source. 2007-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-avgust 2012-yil.

Havolalar

tahrir