Lyuminoforlar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Lyuminoforlar (lotincha lumen - yoruglik va yun. phoros — eltuvchi) — lyuminessensiya xossasiga ega boʻlgan moddalar. Lyuminessensiya hosil qilish turiga koʻra, fotolyuminoforlar, katodolyuminoforlar, rentgenolyuminoforlar va boshqalarga boʻlinadi. Kimyoviy tarkibiga koʻra, L.ning anorganik va organik xillari bor. Anorganik L. (kristallofosforlar) ning chaqnashi tarkibida begona kationlarning (0,001% gacha) boʻlishiga asoslangan. Bunday qoʻshilmalar (aktivatorlar), odatda, metallarning kationlari hisoblanadi; mas, rux sulfidining chaqnashi mis kationi bilan faollashadi. Anorganik L. lyuminessent lampalaraya. rentgen ekranlarini tayyorlash uchun elektron-nurli trubkalarda ishlatiladi, radiatsiya indikatori uchun va boshqa uchun xizmat qiladi. Organik L. (lyumogenlar) ochik, (yarkiy) fluores-sent boʻyoqlar, lyuminessentlovchi materiallar tayyorlashda qoʻllanadi. L. kimyo, biologiya, tibbiyot, televideniye va kriminalistikada sezgir lyuminessent analizda foydalaniladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |