LYUMYER (Lumiere) Lui Jan (1864.5.10, Bezanson — 1948.6.6, Bandol) — fransuz kinematografiya ixtirochisi. Fransuz Fanlar akademiyasi aʼzosi (1919). Sanoat maktabini tugatgan, otasiga qarashli fotomateriallar fabrikasida ishlagan. 1895-yilda akasi Ogyust (1862— 1954) bilan birga "harakatlanuvchi fotografiyalar"ni suratga olish va ekranga proyeksiyalash apparati (kinematograf) tuzilmasini ishlab chiqqan. Shu apparati bilan suratga olingan kino-programmani birinchi marta Parijda 1895-yil dekabrda namoyish etgan. 1898-yildan kinotexnika bilan shugʻullangan. L. hajmiy va rangli kinoga olish va namoyish qilishni tadqiq qilgan. Fransiyada har yili eng yaxshi hujjatli film uchun L. nomli mukofot taʼsis etilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil