Médanos de Coro Milliy bogʻi
Médanos de Coro milliy bogʻi (Parque Nacional Los Médanos de Coro) — Paraguanaga olib boradigan yoʻlda Coro shahri yaqinida, Falcon shtatida joylashgan Venesueladagi eng mashxur milliy bogʻlardan biridir. Milliy bogʻ 1974-yilda tashkil etilgan. Parkga Coro shahridan avtobus yoki taksi bilan osongina yetib olish mumkin
Médanos de Coro Milliy bogʻi | |
---|---|
Joylashuv | Venesuela |
Yaqin shaharlar | Santa Ana de Coro |
Kordinatalar | 11°36′23″N 69°44′15″W / 11.60642°N 69.73763°WCoordinates: 11°36′23″N 69°44′15″W / 11.60642°N 69.73763°W |
Maydoni | 91 km2 (35 sq mi) |
Ochilgan sanasi | 6 February 1974 |
Boshqaruv organi | Nacional de Parques instituti (INPARQUES) |
Medanos bogʻi Paraguana xeric scrub ekomintaqasining bir qismini oʻz ichiga qamrab oladi[1]. U Medanos Isthmusda joylashgan va 91 square kilometre (35 kv mi) lik hududdan iborat boʻlib, asosan, choʻl va qirgʻoqlar hududlarini, shu jumladan shoʻr botqoqliklardan tarkib topgan. U uchta zonadan tashkil topgan, bular: Mitare daryosi deltasi va baʼzi kichikroq oqimlardan hosil boʻlgan allyuvial tekislik; uch turdagi qumtepalardan tashkil topgan shamolli tekislik; va mangrov botqoqlari kamariga ega qirgʻoq tekisligi. Medanos deb nomlanuvchi ulkan qum tepalari taxminan 5 x 30 km (3,1 x 18,6 mil) gacha boʻlgan maydonni qamrab oladi. Ular 40 metr (130 ft) ga balandlikka yetishi mumkin va doimiy shamol taʼsirida oʻzgarib turadi.
Yogʻingarchilik kam uchraydi. Biroq, 1999-yil dekabr oyida Venesuelada sodir boʻlgan kuchli toshqin paytida („Vargas fojiasi“, ayniqsa Vargas shtatida halokatloqibatlarga sabab boʻlgan) kuchli yomgʻir qumtepalarda toʻrtta kichik koʻlchalarni hosil qildi; park qoʻriqchilari ilgari hech qachon bunday holatga guvoh boʻlmagan edilar.
Oʻsimliklar va hayvonot dunyosi
tahrirMazkur hududda asosan buta oʻsimliklar koʻp uchraydi. Bogʻ 21 turdagi, shu jumladan Venesualening mashxur uy qushi sariq yelkali amazonni oʻz ichiga olgan muhim qushlar maskani hisoblanadi[2]. Boshqa fauna dunyosi vakillari deyarli uchramaydi; milliy bogʻda asosan kaltakesaklar, quyonlar, chumolixo'rlar va tulkilar yashaydi. Sayyohlar qumtepalar orasida tuyada sayr qilishlari mumkin (tuyalar koʻp yillar avval olib kelingan).
Manbalar
tahrir- ↑ Alarcón, Clara, Northern South America: Northernwestern Venezuela, WWF: World Wildlife Fund, qaraldi: 2017-04-26
- ↑ BirdLife International (2001). Important Bird Areas factsheet: Parque Nacional Médanos de Coro. Downloaded from http://www.birdlife.org on 03/02/2015
Havolalar
tahrir- Medanos
- Los Medanos
- Aeol tadqiqotlari bibliografiyasi (Wayback Machine saytida 2017-06-07 sanasida arxivlangan)