Mənsum İbrahimov
Mənsum İbrahimov (ozarbayjoncha: Mənsum İsrafil oğlu İbrahimov, oʻzbekcha: Mansum Isrofil oʻgʻli Ibrohimov; 1-oktyabr 1960-yil İmamqulubəyli, Agʻdam tumani, Ozarbayjon SSR) — xonanda, Ozarbayjon Respublikasining xalq artisti (2005), Prezident mukofoti sohibi, Ozarbayjon Milliy konservatoriyasi professori.
Mənsum İbrahimov | |
---|---|
Mənsum İsrafil oğlu İbrahimov | |
Tavalludi |
1-oktyabr 1960-yil |
Fuqaroligi | Ozarbayjon |
Kasbi | xonanda |
Faoliyat yillari | 1987—h.z. |
Hayoti
tahrirMənsum İbrahimov 1960-yil 1-oktyabrda Agʻdam tumanining İmamqulubəyli qishlogʻida tugʻildi. 1982—1987-yillarda Asəf Zeynallı nomidagi Boku musiqa texnikumining mugʻom yoʻnalishida, 1988—1993-yillarda Ozarbayjon davlat madaniyat va nafis sanʼat universitetining „Madaniy maorif“ fakultetida tahsil oldi.
1985-yilda Üzeyir Hacıbəyov tavalludining 100 yilligiga atab tashkil etilgan musobaqada I darajali diplomga loyiq koʻrildi. Keyinchalik Şövkət Ələkbərova tavsiyasi bilan Ozarbayjon davlat Akademik opera va balet teatriga ishga olindi. 1993-yilda „Layli va Majnun“ operasida Majnun rolini ijro etdi. Dastlab teatr sahnasiga ikkinchi darajali rollar bilan koʻtarilgan boʻlsa, keyinchalik bosh rollarni ham ijro qildi. Masalan, „Layli va Majnun“da Majnun, „Oshiq Gʻarib“da Gʻarib, „Kelin qoyasi“ Jamol, „Sevil“da Azanchi rollarida oʻynagan. Bugungi kunda Ozarbayjon davlat tadbirlarida chiqishlar qiladi va ozarbayjon madaniyati, mugʻom sanʼatini turli oʻlkalarda, jumladan Turkiya, AQSh, Fransiya, Belgiya, Lyuksemburg, Kipr, Kanada kabi davlatlarda namoyish etadi. Shu bilan birga, ilmiy-pedogogik faoliyat bilan ham mashgʻul boʻlib, Ozarbayjon Milliy konservatoriyasi qoshidagi musiqa kolleji oʻqituvchisi sifatida faoliyat koʻrsatadi.
1998-yilda „Ozarbayjon Respublikasining xizmat koʻrsatgan artisti“, 2005-yilda esa „xalq artisti“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan. 2010-yilda Ozarbayjon Prezidenti Farmoniga koʻra „Şöhrət“ ordeni bilan mukofotlangan. 2020-yilning 30-dekabrida milliy musiqa sanʼati rivoji yoʻlidagi buyuk xizmatlari uchun prezident Ilhom Aliyev tomonidan „Şərəf“ ordeni berilgan[1].
2021-yilning 10-mart sanasida Ozarbayjon Teatr xodimlari ittifoqi tomonidan taʼsis etilgan „Sənətkar“ medali bilan ham taqdirlangan[2].
2012-yil 9-mayda, 2014-yil 30-aprelda, 2015-yil 6-mayda va 2016-yil 6-mayda Prezident mukofotiga loyiq koʻrilgan[3][4][5].
2017-yilning 1-mayida Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining shaxsiy stipendiyasiga sazavor boʻlgan[6].
Filmografiyasi
tahrir- Güllələnmiş heykəllər (film, 2002)
- Biz qayıdacağıq (film, 2007)
Manbalar
tahrir- ↑ M.İ.İbrahimovun "Şərəf" ordeni ilə təltif edilməsi haqqında Azərbaycan Respublikası Prezidentinin Sərəncamı
- ↑ „Bakıda Milli Teatr Günü qeyd edilib“. 2021-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-mart.
- ↑ „İncəsənət xadimlərinə Azərbaycan Respublikası Prezidentinin mükafatlarının verilməsi haqqında Azərbaycan Respublikası Prezidentinin Sərəncamı“. 2018-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 30-aprel.
- ↑ „İncəsənət xadimlərinə Azərbaycan Respublikası Prezidentinin mükafatlarının verilməsi haqqında Azərbaycan Respublikası Prezidentinin Sərəncamı“. 2018-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 3-sentyabr.
- ↑ „İncəsənət xadimlərinə Azərbaycan Respublikası Prezidentinin mükafatlarının verilməsi haqqında Azərbaycan Respublikası Prezidentinin Sərəncamı“. 2017-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-may.
- ↑ President.Az. „Azərbaycan mədəniyyət xadimlərinə Azərbaycan Respublikası Prezidentinin fərdi təqaüdlərinin verilməsi haqqında Azərbaycan Respublikası Prezidentinin Sərəncamı“ (az). President.az (2017-yil 1-may). 2020-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-may.