M. Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston tadqiqod universiteti Chirchiq filiali

M. Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston tadqiqod universiteti Chirchiq filiali (qozoqcha: М.Әуезов атындағы Оңтүстік Қазақстан зерттеу университеті Шыршық филиалы) – Oʻzbekistonning Oliy oʻquv yurtlaridan biri[1]. 2024-yil 10-iyuldagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 406-son qarori asosida tashkil etilgan Qozogʻiston Respublikasining Chimkent shahridagi M. Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston tadqiqod universitetining filiali[2].

M. Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston tadqiqod universiteti Chirchiq filiali
Xalqaro nomlari
qozoqcha: М.Әуезов атындағы Оңтүстік Қазақстан зерттеу университеті Шыршық филиалы
Asos solingan sanasi 2024-yil 10-iyul
Rektori D. P. Qojamjarova
Fakultetlar 18 ta
Talabalari 400
Manzili
Chirchiq shahri “X. Maqsudov” MFY, V. Haydarov ko‘chasi 1-uy
Veb-sayti Chirchiq filiali

Tarixi

tahrir

Qozog‘iston prezidentlari Qasim-Jomart Toqayev va O‘zbekiston Shavkat Mirziyoyev 2022-yilning dekabr oyida har ikki mamlakatda paritet asosda universitetlar filiallarini ochishga kelishib olgan edi[3]. 2023-yil may oyida “M. Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti” Chirchiq shahrida filialini tashkil etish bo‘yicha hukumatlararo komissiya qarori to‘g‘risida bayonnoma imzolandi. 2023-yil iyul oyida esa ikki davlat taʼlim vazirlari oʻrinbosarlari M. Auezov filialini ochish boʻyicha yoʻl xaritasini imzoladilar[4]. 2024-yilning 8-avgust kuni Qozogʻiston Respublikasining Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘rtasidagi muzokara yakunlari bo‘yicha hamda Auezov universitetining 80 yilligi munosabati bilan imzolangan kelishuv asosida amalga oshirildi[5]. Qozogʻiston Respublikasining Chimkent shahridagi M. Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston tadqiqod universiteti bilan hamkorligida tashkil etilgan bu universitet Toshkent viloyati Chirchiq shahrida joylashgan[6].

Yoʻnalishlari

tahrir
  • 6B04110 — Iqtisod
  • 6B04210 — Huquqshunos
  • 6B04220 — Xalqaro huquq
  • 6B05120 — Biotexnologiya
  • 6B05210 — Ekologiya
  • 6B06120 — Axborot tizimi
  • 6B07110 — Avtomatlashtirish va boshqarish
  • 6B07120 — Mashinasozlik
  • 6B07130 — Transport, transport texnikasi va texnologiyasi
  • 6B07150 — Elektroenergetika
  • 6B07160 — Neorganik moddalarning kimyoviy texnologiyasi
  • 6B07170 — Organik moddalarning kimyoviy texnologiyasi
  • 6B07210 — Neft va gaz ishi
  • 6B07220 — Metallurgiya
  • 6B07253 — Oziq-ovqat havsizligi va muhandislik
  • 6B07260 — To’qima materiyallarning loyihasi va texnologiyasi
  • 6B07340 — Qurilish materiallari, buyumlari va loyihalarini ishlab chiqish
  • 6B11210 — Hayot xavfsizligi va atrof muhit muxofazasi[6][7]

Manbalar

tahrir