Maʼmur Boymurodov (1942, Koson tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1993). Qarshi pedagogika institutining geografiya fakultetini tugatgan (1968). 1968-yildan Koson tumanidagi 62-maktabning geografiya oʻqituvchisi. Boymurodov geografiya fanini chuqurlashtirilgan dastur asosida oʻqitib, oʻquvchilarning maʼnaviy tarbiyasiga alohida ahamiyat beradi, boy milliy qadriyatlarni ularga singdirishda dars va darsdan tashqari tadbirlardan unumli foydalanadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil