Maʼmuriy javobgarlik - fuqaro yoki mansabdor shaxsning huquqni buzganligi uchun davlat (maʼmuriy organ) oldidagi jinoiy boʻlmagan javobgarligi. Bu davlatning majburlov chorasi boʻlib, davlat faoliyatining turli sohalarida sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarlik uchun qoʻllanadi. Maʼmuriy javobgarlik da odatda, jazo berayotgan maʼmuriy organ bilan huquq normasini buzgan shaxs oʻrtasida xizmat yuzasidan boʻysunish munosabatlari boʻlmaydi. Maʼmuriy javobgarlik shunisi bilan institutizomiy javobgarlikdan farq qiladi. Maʼmuriy javobgarlikga tortilganlar sudlangan hisoblanmaydilar, maʼmuriy jazo choralari yengil va muddati qisqa belgilanadi. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmurii javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi, UzR qonunlari, OʻzR Oliy Majlisining qarorlari, OʻzR Prezidentining farmonlari, OʻzR Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining va Vazirlar Kengashining qarorlari, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri kengashlarining , viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qarorlaridan iborat.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil