Maʼmuriy nazorat
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Maʼmuriy nazorat - davlat va maxsus vakolatli organlar (mansabdor shaxslar) faoliyatining alohida turi. Maʼmuriy nazorat qonuniylikni va davlat intizomini taʼminlash usullaridan biri hisoblanadi. Maʼmuriy nazorat davlat organlari, tijorat va notijorat tashkilotlari, shuningdek, fuqarolarning davlat va jamiyat rivojlanishi uchun ahamiyatli boʻlgan umummajburiy qoidalarga qatʼiy rioya qilishiga qaratilgandir. Maʼmuriy nazorat davlat nazoratining boshqa turlaridan quyidagi oʻziga xos xususiyatlari bilan farq qiladi: birinchidan, Maʼmuriy nazorat mulkchilik shaklidan va mulkning kimga boʻysunishidan qatʼi nazar barcha yuridik va jismoniy shaxslar ustidan amalga oshiriladi. Masalan, fuqarolarning jamoat joylarida oʻrnatilgan umummajburiy qoidalariga qanday rioya qilayotganligi ustidan ichki ishlar organlari Maʼmuriy nazorat olib boradi; ikkinchidan, Maʼmuriy nazorat muayyan fuqarolar do-irasiga qaratilgan boʻlishi mumkin. Masalan, oʻqotar qurollarini saqlash va foydalanish ustidan yoki radioaktiv materiallarni saqlash va foydalanishda mansabdor shaxslarning masʼuliyati ustidan amalga oshiriladigan Maʼmuriy nazorat va hokazo; uchinchidan, ichki ishlar organlari tomonidan ozodlikdan mahrum etish joylaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan amalga oshiriladigan Maʼmuriy nazorat faqat maxsus vakolatli davlat organlari (mansabdor shaxslar) tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Bunday organlarga davlat bojxona xizmati, davlat soliq xizmati, ichki ishlar organlari vazirlik va davlat idoralarining inspeksiyalari va nazorat organlari kiradi. Maʼmuriy nazoratni amalga oshirish jarayonida maʼmurii ogohlantiruvchi choralari (mas, karantin eʼlon qilish, ozodlikdan maxrum etish joylaridan boʻshab kelgan shaxslar ustidan Maʼmuriy nazorat oʻrnatish); maʼmurii cheklash choralari (mas, majburiy davolash, maʼmurii tartibda ushlab turish); maʼmuriy-protsessual choralar (buyumlarni yoki hujjatlarni olib qoʻyish) hamda maʼmurii jazo choralari qoʻllanishi mumkin. Shu sababli, Maʼmuriy nazorat olib boruvchi davlat organlari (mansabdor shaxslar) bir vaqtning oʻzida maʼmurii yuristdiksion organ hisoblanadi. Erkin Hojiyev.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |