Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Respublika "Maʼnaviyat va maʼrifat"markazi — respublika madaniy-maʼrifat ishini olib boruvchi jamoatchilik tashkiloti. 1994-yil 23-aprel Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika "Maʼnaviyat va maʼrifat" jamoatchilik markazini tashkil etish toʻgʻrisida"gi farmoniga binoan tuzilgan. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, barcha shaharlar va tumanlarda uning boʻlimlari faoliyat yuritadi. 1999-yilda "M. va m." m. ishiga bevosita rahbarlik qilish, uning ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, vilo-yatlar, Toshkent shahri, barcha shahar va tumanlarda boʻlimlari boʻlgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi (oliy organi — konferensiya) tashkil qilindi; asosiy shiori — "Jaholatga qarshi maʼrifat". Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, shahar, tuman hokimlari joylardagi Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashlarining raislari hisoblanadi. Kengash targʻi-botchilar roʻyxatini tasdiqlaydi va ularni qoʻllanma va tavsiyalar bilan taʼminlaydi, shuningdek, markaz ishini tashkil etib, faoliyat yoʻnalishlarini belgilab beradi, ishlarini nazorat qiladi va boshqa "M. va m."m. hamda Kengashning asosiy vazifasi jamoatchilik ongiga istiklol gʻoyalarini singdirish, uning mustakil tafakkurining yuksaltirishga koʻmaklashish, ayniqsa, oʻsib kelayotgan yosh avlodda milliy mafkura va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashining nashri sifatida " Tafakkur", "Jahon adabiyoshi" jur.lari chop etiladi; "Maʼnaviyat" nashriyoti, "Oltin meros" xalqaro xayriya jamgʻarmasi kabi jamgʻarmalar ham faoliyat koʻrsatadi. "M. va m." m. Respublika maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi karorlari va koʻrsatmalarini joylarda amalga oshiruvchi va targʻibot, tashviqot tadbirlarini uyushtiruvchi tashkiliy guruxga aylantirildi (1999) va uning tarkibida targʻibotchilarni muvofiklashtirish tashkiliy boʻlimi, maʼnaviymaʼrifiy targʻibot boʻlimi, ijtimoiy-iktisodiy targʻibot boʻlimi, ijtimoiysiyosiy, huquqiy targʻibot boʻlimi va boshqa boʻlimlar faoliyat olib boradi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil