Maʼrufjon Murodullayev

oʻzbekistonlik para yengil atletikachi

Maʼrufjon Murodullayev (1996-yil 5-may) – oʻzbekistonlik para yengil atletikachi. 2013-yildan beri para yengil atletika yoʻnalishida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosidir. Sport oʻyinlarida T46 klassida ishtirok etadi[1].

Maʼrufjon Murodullayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 5-may 1996-yil (1996-05-05) (28 yosh)
Oʻzbekiston
Sport
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Qaysi sport para yengil atletika
Murabbiy(lar)i Zamira Amirova

Incheon-2014 hamda Jakarta-2018 Para Osiyo oʻyinlari gʻolibi. Jahon chempionatida bronza medalni qoʻlga kiritgan. Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasining oxirgi reyting xulosasi boʻyicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlari litsenziyasini qoʻlga kiritgan. Paralimpiadada T46 klasida, 400 metrga yugurish bahslarida qatnashgan hamda 48.89 sekund vaqt sarflab marraga 5-oʻrinda yetib kelgan.

Manbalar

tahrir
  1. „Yoʻllanma olgan sportchilar“. Qaraldi: 2024-yil 8-sentyabr.