Madad sugʻurta agentligi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
"MADAD" SUG`URTA AGENTLIGI - Oʻzbekistondagi yirik sugʻurta agentligi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 26-iyundagi qaroriga koʻra, ochiq aksiyadorlik jamiyati sifatida tashkil etilgan. Agentlikning asosiy aksiyadorlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi (hissasi 25%), Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki (17,91%), "Oʻzsanoatqurilish" banki (13,7%), "Oʻztadbirkorbank" (17,70%), boshqa yuridik shaxslar (21,24%) va jismoniy shaxslar (1,75%). Agentlikning asosiy vazifasi keng koʻlamdagi sugʻurta xizmatini koʻrsatish, shuningdek, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan investitsiyalarning sugʻurta himoyasini taʼminlashdan iborat. Sugʻurtaviy himoya bilan taʼminlash yuzasidan yuklatilgan vazifalarga muvofiq, agentlik sugʻurtaning oʻndan ortiq turini amalga oshiradi. Agentlikning sugʻurtaviy majburiyatlari portfelida mulk sugʻurtasi, baxtsiz hodisalar oqibati sugʻurtasi, kasb masʼuliyati sugʻurtasi turlarining salmogʻi yuqori. Kreditning garov bilan qoplanmagan qismini qaytarmaslik holatidagi javobgarlik sugʻurtasi kichik va oʻrta biznes subʼyektlarining loyihalarini moliyalashtirish muammolarini yechishda keng qoʻllanadi. Bu tur boʻyicha agentlik 2001—2002-yil davomida tuzgan shartnomalari soni 1800 dan ortiq, sugʻurta majburiyatlari 10 mlrd. soʻmni tashkil etdi. Agentlik faoliyat davrida 4-marta aksiyalar emissiyasini amalga oshirdi. Agentlikning Nizom jamgʻarmasi 250 mln. soʻm, sugʻurta mukofotlari 460 mln., toʻlangan qoplamalar hajmi 161,9 mln. soʻm (2002).
Moʻmin Ashurov.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |