Madagaskar milliy futbol terma jamoasi
Madagaskar milliy futbol jamoasi, oroldagi zebu sharafiga Barea laqabini olgan[1], Madagaskar milliy jamoasi boʻlib, Madagaskar Futbol federatsiyasi tomonidan boshqariladi. U hech qachon Jahon chempionatining finalga kirmagan. U 2019-yilda oʻzining birinchi Afrika Millatlar kubogiga qatnshadi. Bareaning eng katta gʻalabasi 2004-yilgi Afrika musobaqasining kvalifikatsiya bosqichida Misr ustidan 1-0 oʻyinida gʻalabaga erishgani va 2019-yilgi Afrika Musobaqasining guruh bosqichida Nigeriya qarshi 2-0 gʻalabasi edi. Oʻsha davirda mamlakatning rasmiy nomi bilan Madagaskar Respublikasi milliy futbol jamoasi sifatida 1958-yildan 1975-yilgacha tanilgan.
Tarix
tahrirMadagaskar birinchi chiqishni 1947-yilda Mavrikiyga qarshi oʻz uyida oʻtkazgan va u 2-1 hisobida magʻlub boʻlgan. Oʻyin Madagaskar, Mavrikiy va Reyunion oʻrtasidagi Triangulaire turnirining bir qismi edi. Madagaskarning ikkinchi oʻyini Reunionda boʻlib oʻtdi va ular oʻz tarixidagi ilk gʻalabasini qoʻlga kiritdi, 4:2.Triangulaire turniri 1958-yilgacha har yili oʻtkazib kelindi va Madagaskarning eng koʻp gol urgan oʻyini 1953-yil 13-iyulda Reunionni 6:4 hisobida magʻlub etishdi. Ularning eng yomon magʻlubiyati 1952-yil 31-iyulda Reyunionda Mavrikiyga 7:0 hisobida magʻlub boʻlgan.
Manbalar
tahrir- ↑ Clarel Faniry Rasoanaivo. „Madagascans elated by AFCON success, eye semi-finals“. Reuters (2019-yil 10-iyul). 2019-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-iyul.
Havolalar
tahrir- Madagaskar Futbol federatsiyasi ((Malagasy and fransuzcha))
- FIFA.com/about-fifa/associations/MAD" id="mwB8U" rel="mw:ExtLink nofollow">Madagaskar FIFAda
- Madagaskar milliy futbol jamoasining fotosurati