Madeleine Peyroux
Madeleine Peyroux (1974-yil 18-aprelda tugʻilgan) – amerikalik jazz qoʻshiqchisi va qoʻshiqlar muallifi, oʻz faoliyatini oʻsmirlik davrida Parij koʻchalarida boshlagan. U 2004-yilda Careless Love albomi yarim million nusxada sotilib katta muvaffaqiyatga erishgunga qadar vintaj jazz va blyuz qoʻshiqlarini kuylagan.
Madeleine Peyroux | |
---|---|
Peyroux 2008-yilda | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
19-aprel 1974-yil Athens, Georgia, U. S. |
Janrlar | Jazz, pop |
Faoliyat yillari | 1990-yillardan hozirgacha |
Leybllar | Atlantic, Rounder, Decca |
Fuqaroligi | AQSh |
Veb-sayt | madeleinepeyroux.com |
Karyera
tahrirMadeleine Peyroux Jorjiya shtatining Afina shahrida tugʻilgan. Uning bolaligi Nyu-York va Kaliforniyada oʻtgan[1][2]. U intervyularda ota-onasini „hippilar“ va „eksentrik oʻqituvchilar“ deb tariflaydi. Ular Madeleine Peyrouxga musiqa bilan shugʻullanishiga yordam berishgan[3]. U bolaligida otasining eski plastinalarini tinglagan va onasining ukulelesini chalishni oʻrgangan[4].
Peyroux oʻn uch yoshga toʻlganda, uning ota-onasi ajrashishadi va u onasi bilan Parijga koʻchib oʻtadi. Ikki yil oʻtgach, u Lotin kvartalida koʻcha musiqachilari bilan qoʻshiq kuylashni boshlaydi. U Riverboat Shufflers deb nomlangan vintage jazz guruhiga qoʻshildi, keyin The Lost Wandering Blues va Jazz Band qoʻshilib, ular bilan Evropaga gastrol qilgan[1][5].
Ilk tanilishi va muvaffaqiyat
tahrirMadeleine Peyroux Atlantic Records kompaniyasining isteʼdod agenti eʼtiboriga tushadi va oʻzining Dreamland (1996) debyut albomini chiqaradi. U bir guruh tajribali musiqachilar: James Carter, Cyrus Chestnut, Leon Parker, Vernon Reid va Marc Ribot bilan birga 1930—1940-yillardagi mashxur qoʻshiqlarning (Billie Holiday, Bessie Smith, Fats Waller) kaver versiyalarini kuylaydi[1]. Bir yil oʻtgach, u Rainer Ptacekning hurmat albomi uchun „Life is Fine“ qoʻshigʻining kaverini kuyladi[6].
Madeleine Peyroux 2004-yilda William Galison bilan „Got You on My Mind“ albomini chiqaradi[7]. Uning ikkinchi toʻliq metrajli albomi Careless Love, Rounder Records tomonidan chiqarilgan va Larry Klein unga prodyuserlik qilgan. Careless Love yarim million nusxada sotilgandan soʻng Amerika Yozuv Industriyasi Assotsiatsiyasi (RIAA) tomonidan oltin sertifikatga sazovor boʻldi. Albomda Bob Dilan, Hank Williams va Leonard Cohen kabi musiqachilarning qoʻshiqlari bor edi[8]. Madeleine Peyroux Jesse Harris, Kathryn Dawn Lang, va Walter Becker bilan birga yozilgan navbatdagi „Half the Perfect World“ albomini ishlab chiqardi[2]. Half the Perfect World Billboard jurnalining Top 200 albomi chartida 33-oʻrinni egalladi.
Diskografiyasi
tahrirYakkaxon
tahrirAlbom nomi | Yuqori natijalari | Sertifikatlar | |||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
AUS [9] |
AUT | BEL (Fl) |
BEL (Wa) |
FRA [10] |
GER | NED | NZ | SPA | SWI | UK | US | ||
Dreamland
|
— | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | |
Careless Love
|
26 | — | 54 | 33 | 28 | — | 18 | — | 91 | — | 7 | 71 | |
Half the Perfect World
|
26 | 42 | 41 | 31 | 15 | 55 | 19 | 25 | 38 | 41 | 12 | 33 | |
Bare Bones
|
64 | 42 | 49 | 40 | 18 | 75 | 33 | 28 | 39 | 46 | 12 | 71 | |
Standing on the Rooftop | — | 43 | 77 | 75 | 61 | 64 | 81 | 35 | 22 | 57 | 56 | — | |
The Blue Room
|
— | 54 | 42 | 50 | 28 | 65 | 67 | — | 31 | 82 | 43 | 62 | |
Keep Me in Your Heart for a While: Best of Madeleine Peyroux
|
— | — | — | — | 115 | — | — | — | — | — | — | — | |
Secular Hymns
|
— | — | 137 | 53 | 53 [12] |
93 | — | — | 70 | 64 | 96 | — | |
Anthem[13]
|
— | — | — | — | — | 88 | — | — | — | — | — | — |
Kollaboratsiya va mehmon ijrochilar bilan birga
tahrirWilliam Galison bilan
- Got You on My Mind (Waking Up, 2004)
The Lost Wandering Blues and Jazz Band bilan
- Spreading Rhythm Around
The Sachal Ensemble bilan
- Song of Lahore (Universal, 2016)[14]
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Collar, Matt „Madeleine Peyroux“. AllMusic. Qaraldi: 2018-yil 4-avgust.
- ↑ 2,0 2,1 [1] (Wayback Machine saytida February 11, 2015, sanasida arxivlangan)
- ↑ „Madeleine Peyroux strips down to the Bare Bones | The Courier-Mail“. News.com.au (2009-yil 7-mart). Qaraldi: 2012-yil 22-aprel.
- ↑ [2] (Wayback Machine saytida November 8, 2009, sanasida arxivlangan)
- ↑ „Musician Madeleine Peyroux (Vocal) @ All About Jazz“. Allaboutjazz.com. 2012-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 22-dekabr.
- ↑ Swartz, Mark „Madeleine Peyroux“. Furious.com (2003-yil yanvar). Qaraldi: 2018-yil 4-avgust.
- ↑ „Got You on My Mind“. AllMusic. Qaraldi: 2016-yil 13-sentyabr.
- ↑ „Gold & Platinum - RIAA“. RIAA. Qaraldi: 2018-yil 4-avgust.
- ↑ Peaks in Australia:
- All except noted: „Discography Madeleine Peyroux“. australian-charts.com. Qaraldi: 2022-yil 6-sentyabr.
- Bare Bones: Andoza:Cite Ryan
- ↑ „Madeleine Peyroux discography“. Lescharts/com. Hung Medien. Qaraldi: 2013-yil 26-aprel.
- ↑ „ARIA Charts – Accreditations – 2005 Albums“. Australian Recording Industry Association. Qaraldi: 2022-yil 6-sentyabr.
- ↑ „Le Top de la semaine : Top Albums Fusionnes - SNEP (Week 38, 2016)“ (fr). Syndicat National de l'Édition Phonographique (2013-yil 10-iyun). Qaraldi: 2016-yil 27-sentyabr.
- ↑ „Anthem by Madeleine Peyroux on iTunes“. iTunes Store (CA) (2018-yil 31-avgust). Qaraldi: 2018-yil 4-sentyabr.
- ↑ Piccalo, Gina „Pakistan's Sachal Jazz Ensemble rises above the risks in 'Song of Lahore'“. Los Angeles Times (2015-yil 5-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 2-sentyabr.