Madiy
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Madiy, Madiyes — saklar shohi (miloddan avvalgi 7-asr). Midiya shohi Fraort ossuriyaliklar bilan boʻlgan jangda yengilgach, oʻgʻli Kiaksar qoʻshinni qayta tuzib, urushga tayyorgarlik koʻra boshlaydi. Gerodottng yozishicha, Kiaksar otasi uchun qasos olish maqsadida Nin shahriga yurish qilib, ossuriyaliklarni yengadi, Nin shahrini qamal qilgan paytida uning mamlakati hududiga skiflar (saklar)ning ulkan qoʻshini bostirib kiradi. Koʻpchilik olimlar ularni saklar deb hisoblaydi. Saklarnint podshosi M. boʻlib, u Partatuy (Protofiyey)ning oʻgʻli boʻlgan. Gʻarbiy Turkistondan massagetlar tomonidan siqib chiqarilgan (miloddan avvalgi taxminan 720), saklar kimmeriylarnk Yevropadan quvib chiqarib, Osiyoda taʼqibni davom ettirganlar va shu tariqa Midiya yerlariga bostirib kirganlar. M. midiyaliklarni jangda yengib, ularning qudratini sindirgan. Gerodotning xabar berishicha, skiflar butun Osiyo boʻylab oʻz hukmronliklarini tarqatganlar. Soʻngra M. Misrga yurish qilgan. Fala-stinda Misr podshosi Psammetix M.ni sovgʻasalomlar bilan kutib olib, undan yurishni davom ettirmaslikni iltimos qilgan. Skiflar shu yerdan orqaga qaytishgan. Ular Osiyoda 28 yil hukmronlik qilganlar. Kiaksar M.ni jangda yenga olmaganidan soʻng hiyla ishlatgan. M. bilan sulh tuzib, uning jangchilarini yarashish ziyofatiga taklif etadi. Ularni to mayet boʻlgunlarigacha ichirishgan. Sarxush boʻlib qolgan M. va uning askarlarini shu yerda tigʻdan oʻtkazadilar. Ayrim tadqiqotchilar (A. Abdurahmonov) fikricha, Madi turkiycha ismdir. Maad qad. turkiy tildagi alp, bahodir soʻzining sinonimi shaklidir. Tuva tilida bu soʻz hozirgacha saqlanib qolgan boʻlib, Maadir shaklida qoʻllanadi. Yaʼni Maadbotir, bahodir, — ir esa er demakdir. Maadirning yana bir turkiycha koʻrinishi Alp Er hisoblanadi... Bu oʻrinda Madi, Maʼdi kabi nomlar hozirgi turkiy, jumladan, oʻzbekcha ismlar orasida mavjuddir. Baʼzi olimlar (R. Girshman)ning fikricha, M. qabri Jan. Ozarbayjon (Eron)dagi qad. Ziviye tepaligida joylashgan.
Adabiyot
tahrir- Gerodot, Istoriya v 9 knigax, L., 1972.
Faxriddin Hasanov.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |