Madr, Mazr — oʻrta asrlarda Balx viloyatiga tobe shaharlardan biri; Xulm daryosi boshlanish yerida joylashgan. M. 7—8-asrlarda Toharistonning Bomiyon bilan chegarasida joylashgan eng jan. shahri boʻlgan. "Hududul-olam"da M. 10-asrda Andarob viloyatiga tegishli kichik shahar (shahrak) deb qayd etilgan. M. shahri hozirgi Hindukushdagi Okrabot dovonidan shim.da, Haybaqdan Bomiyonga boruvchi yoʻlda joylashgan. M. yaqinidan (Rui qishlogʻi) Xulm daryosi vodiysi boʻylab Buyuk ipak yoʻlining asosiy yoʻli oʻtgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil