Madrasai Oliy (Oliy madrasa)Qoʻqonda saqlanib qolmagan 2 qavatli madrasa. 1859-yilga qadar (1845-yilda yoki 1855—1856-yillarda) oʻzbek hukmdori Xudoyorxon donatorligida va Musulmonqul mingboshi boshchiligida Qoʻqon xonligi poytaxtining Chorsu maydonida, xonlarning eski oʻrdasi oʻrnida, katta bozorda bunyod etilgan.

Madrasa
Madrasai Oliy
(Oliy madrasa)

Madrasai Oliy
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Fargʻona viloyati
Shahar Qoʻqon
Maktab yoʻnalishi sunniy
Madrasa turi Katta[1][2]
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Xudoyorxon
Homiylar Xudoyorxon
Asosiy sana:
Maqomi saqlanib qolmagan
Hujralar soni 73 yoki 79

Tarixi

tahrir

Madrasai Oliyni bino qilgan shaxs haqida Mirzo Olim maxdum xoji „Tarixi Turkiston“ asarida quyidagi xabarni yozib qoldirilgan[3][4]:

Xudoyorxon taxtga oʻlturgʻonining toʻqqizinchi yili qadimgi xonlarning eski oʻrdasi oʻrnida Musulmonquli Xudoyorxon nomiga Madrasai Oliyani bino qilibdur[3].

Qoʻqon xonligida taʼlim tizimi va unda vaqf mulklarining tutgan oʻrni boʻyicha tadqiqot olib borgan olim M. O. Alixojiyevga koʻra, Madrasai Oliy 1845-yilda[5], oʻzbek hukmdori Xudoyorxonning yoshlik yillarida amalda mamlakatni qattiqqoʻllik bilan boshqargan Musulmonqul mingboshi tomonidan, xonlik poytaxtining Chorsu maydonida[5] bunyod etilgan[3]. Madrasaning asoschisi esa Xudoyorxonning oʻzi boʻlgan[5].

Tarixchi R. N. Nabiyev oʻzining „Qoʻqon xonligi tarixidan (Xudoyorxonning feodal xoʻjaligi)“ nomli asarida Madrasai Oliyni Xudoyorxon 1855—1856-yillarda bunyod ettirgan deb maʼlumot qoldirgan[6].

Qoʻqon xonligi maktab va madrasalari tarixi boʻyicha tadqiqot olib borgan olim I. A. Alimovga koʻra, Madrasai Oliy Xudoyorxon tomonidan[7], xonlik poytaxtining katta bozorida bunyod etilgan. Xon madrasa vaqfnomasini 1859-yilda taʼsis etib, unga oʻz mulkidan sanoat korxonalari va sugʻoriladigan yerlarni vaqf qilgan. Vaqfnomada Xudoyorxon, Mallaxon va oʻsha davr qozilarining muhrlari bosilgan[2].

Madrasa 150 nafarga yaqin talabalar ilm olishi va bir necha nafar mudarrislar dars berishiga moʻljallangan. 73 (yoki 79[8]) ta hujra va 2 ta darsxonalardan[8] tashkil topgan katta (yirik[1]) madrasa boʻlgan[2]. 1891—1892-yillarda 251 nafar talaba ilm olgan va ularga 6 nafar mudarris saboq bergan[9].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Alixojiyev 2012, s. 112.
  2. 2,0 2,1 2,2 Alimov 2017, s. 63.
  3. 3,0 3,1 3,2 Alixojiyev 2012, s. 77.
  4. Alimov 2017, s. 51.
  5. 5,0 5,1 5,2 Alixojiyev 2012, s. 165.
  6. Alimov 2017, s. 18.
  7. Alimov 2017, s. 59.
  8. 8,0 8,1 Alimov 2017, s. 290.
  9. Alimov 2017, s. 10.

Adabiyotlar

tahrir
  • Alimov I. A.. Qoʻqon xonligi madrasa va maktablari tarixi. Toshkent: Fan, 2017 — 302-bet. ISBN 978-9943-19-405-2. 
  • Alixojiyev M. O.. Qoʻqon xonligining madaniy hayotida maktab va madrasalarning tutgan oʻrni (1800—1876-yy.). Tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. Toshkent: Qoʻlyozma huquqida, 2012 — 182-bet.