Magadan viloyati – Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. Uzoq Sharq iqtisodiy rayoniga kiradi. 1953-yil 3-dekabrda tashkil etilgan. Rossiya Federatsiyasining chekka shimoli-sharqiy qismida. Maydoni 461,4 ming km². Aholisi 232,8 ming kishi (2000). Asosan, ruslar, shuningdek, ukrain, belorus, tatar, evenk va boshqa ham yashaydi. 8 tumanga boʻlingan; 2 shahar, 28 shaharcha bor. Markazi Magadan shahri Magadan viloyati Sharkiy Sibir, Chukotka, Bering va Oxota dengizlari bilan oʻralgan. Viloyatning koʻp qismini Kolima togʻlari egallagan. Penjina qoʻltiqchasidan Anadir qoʻltigʻigacha keng Anadir pasttekisligi joylashgan. Asosiy foydali qazilmalari: oltin, qalay, volfram. Toshkoʻmir va qoʻngʻir kumir konlari bor. Iklimi keskin kontinental. Qishi sovuq, yozi salqin. Iyulning oʻrtacha temperaturasi Oxota dengizi sohillarida 1 G– 12°, Shimoliy Muz okeani sohillarida 3°– 6°, yanvarniki Oxota dengizi soxillarida –19° dan –23° gacha, Shimoliy Muz okeani sohillarida –24° dan –28° gacha. Magadan viloyatining ichki qismlarida iyulning oʻrtacha temperaturasi 14°–16°, yanvarniki –38°. Yiliga 300–350 mm, Oxota va Bering dengizlari sohillarida 500–700 mm, yogʻin tushadi. Oxota dengizi sohillaridan boshqa hamma joylar zamini muzlab yotadi. Vegetatsiya davri 100–105 kun. Yirik daryolari: Kolima va Anadir. Tuproklari podzolli togʻ-oʻrmon va togʻ-tundra tuproklari. Magadan viloyati tundra, oʻrmonli tundra va taygada joylashgan. Dauriya tilogʻochi, yer bagʻirlab oʻsadigan kedr koʻp. Tiyin, oqtovushqon, qutb tulkisi, tulki, oq ayiq, qoʻngʻir ayiq, rosomaxa, latcha, shimol bugʻusi, los, qushlardan kaklik, oʻrdak, gʻoz bor. Da-ryolarda baliq, dengizlarda kit, morj, tyulen yashaydi. Mashinasozlik, metallsozlik, baliq sanoati rivojlangan. Arkagala GRES, Kolima GES bor. Sut-goʻsht chorvachiligi, darrandachilik, moʻynachilik bilan shugʻullaniladi. Viloyat hududiy Magadan qoʻriqxonasi, Talaya kurorti bor.[1]

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. "Magadan viloyati" OʻzME. M-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil