Magadha davlati
Miloddan avvalgi VI-V asrlarda qadimgi Magadxa hozirgi janubiy Bixar hududida muhim jo‘g‘rofik, strategik va savdo mavqeini egallagan edi. Sharq, Shimol, G‘arbdan oqqan daryolar kemalar qatnovi uchun qulay, suvidan esa sug‘orish ishlaridan foydalanar edilar. Bu davlat Hindistonning ko‘p o‘lkalari bilan savdo ishlarini yo‘lga qo‘ygan hamda qazilma boyliklari, ayniqsa, metall ko‘pligi bilan ajralib turar edi. Qadimgi Rijagrixa (hozirgi Rajgir) baʼzida Giribaj (tog‘li qal’a) deb atalgan. Uning atroflari tepaliklar bilan o‘ralgan. U yerdan asosiy savdo yo‘llari, jumladan, Taksila va mamlakatning G‘arbiy qirg‘oqlari orqali o‘tgan. Hind arxeologlarining qazilma ishlari bu shaharning o‘sha davrdagi qiyofasini ochib beradi. Shaharda mustaxkam qo‘rg‘on bo‘lgan. U shaharlik hukmdorlarning manzili vazifasini o‘tagan.
Istilochilik yurishlari
tahrirMiloddan avvalgi 493 yillari Xarepa sulolasining asoschisi Bimbisara qo‘shni Angu davlatini o‘ziga tobe etib, Magadxa mavqeini kuchaytirdi va qo‘shni mamlakatlarni istilo qilish siyosatini boshladi. Maʼlumotlarga qaraganda, u, Koshala, Vayshala, Madra kabi davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlagan, Ujayan va Taksila podshosi hamda boshqa hukmdorlar bilan do‘stlik aloqalarini o‘rnatgan. Bimbisaraning o‘g‘li Ajatashatru davrida (miloddan avvalgi 493-461) Magadxaning siyosiy sohalaridagi yutuqlari nikoh — qarindoshlik iplari bilan ham mustahkamlandi. U Koshala ustidan G‘alaba qozondi. Buddaviy va jaynlar matnlaridan maʼlum bo‘lishicha shimoliy davlatlar bilan bo‘lgan kurashlar uzoq muddat davom etgan. Kurashlarning asosiy sababi Gang daryosi portining mavjudligi daryo tizimi ustidan nazorat qilishni kuchaytirardi. Ajatashatru lichchxavlarning hujumidan saqlanish uchun Pataligamu qal’asini qurdirdi. Bu urushlarda Magadxa podsholarining yutuqlari davlat chegaralarini kengaytirish imkonini berdi. Shishunaga sulolasining asoschisi davrida Magadxa davlatiga ko‘p davlatlar, shu jumladan, uzoq muddat qarshilik ko‘rsatgan avanti davlati ham qo‘shib olindi. Bundan tashqari Shishunaga davrida Magadxa davlati hukmdorligi G‘arbiy Hindistonga ham yoyildi.
Poytaxtining koʻchirilishi
tahrirUdayin davrida (milav. 461-445yy.) magadxa tarixida asosiy masala poytaxtni Rajagrixadan Patalinutraga ko‘chirish bo‘lib, bu shahar tez orada butun shimoliy Hindistonning yirik markaziga aylandi. Poytaxtning Patalinutraga ko‘chirilishi Magadxani kuchayishi va uning istilochilik siyosatidan dalolat beradi.
Davlatning imperiyaga aylanishi
tahrirYangi sulolaning podshosi Shishunaga davrida G‘arbiy Hindistondagi qudratli davlat Avantining ham kuchi magadxa tomonidan singdirildi. So‘ng magadxa taxtiga Nandalar sulolasi chiqib, davlat yirik imperiyaga aylandi. Bimbisara asos solgan Xaryanka sulolasi mil.av. 137-411 yillarda, Shishunaga sulolasi mil.av. 413-345 yillarda hukmronlik qilgan bo‘lsa, Nandalar sulolasi mil.av. 345-317/314 yillarda podsholik qilgan.