Magdalena Aicega
Maria Magdalena Aicega Amicarelli (1973-yil 1-noyabr, Buenos-Ayresda tugʻilgan) argentinalik nafaqadagi chim ustida xokkeychi boʻlib, 2000-yilda Avstraliyaning Sidney shahrida boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida kumush va 2004-yilda Afinada boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida bronza medalini qoʻlga kiritgan jamoa tarkibida boʻlgan. Gretsiya va 2008-yil Pekindagi yozgi Olimpiya oʻyinlarida Argentina terma jamoasi bilan oʻyinlarda ishtirok etgan.
U jamoasida markaziy himoyachi ampulasida oʻynagan. Aicega Las Leonas tarixidagi[1][2][3] 15 yildan ortiq oʻynagan eng koʻzga koʻringan xokkeychilaridan biri hisoblanadi[4].
Umumiy natija
tahrirAicega oʻz faoliyatini 7 yoshida Belgrano Athletic jamoasida boshlagan va 7 yildan keyin kattalar jamoasi tarkibida debyut oʻyinida maydonga tushgan. 16 yoshida Aicega Argentina terma jamoasi uchun birinchi oʻyinida maydonga tushishga muvaffaq boʻlgan[5].
U 2002-yilgi Jahon kubogini, ikkita Chempionlar kubogini, Panamerika oʻyinlarida toʻrtta oltin medalni va 2001-yilda Panamerika kubogini qoʻlga kiritgan. Magui laqabli Aicega birinchi marta 1993-yilda Ispaniyaning Barselona shahrida boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida oʻz vatani shanini himoya qilgan va bu musobaqada Argentina oltin medalni qoʻlga kiritgan. Keyingi yili kattalar jamoasida oʻynagan va Irlandiyaning Dublin shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ikkinchi oʻrinni egallaganm. Aicega 2008-yilda terma jamoadagi faoliyatini yakunlagan[4].
U 1998 va 2003-yillarda Argentina sport jurnalistlari assotsiatsiyasi tomonidan beriladigan eng nufuzli mahalliy mukofot boʻlgan Silver Olimpia mukofoti bilan taqdirlangan. Shuningdek, u 1999-yilda FIHning yilning eng yaxshi oʻyinchisi nominatsiyasiga nomzod boʻlgan. Ammo u mukofotni avstraliyalik Alison Annan qoʻlga kiritgan. Aicega 2000-yilda Argentinaning Premio Konex mukofoti bilan taqdirlangan[6].
Belgrano jamoasi tarkibida 33 yil oʻynaganidan soʻng, 2019-yilda Aicega xokkeydan ketishini eʼlon qilgan. Keyinchalik u Belgranoning yoshlar jamoasi murabbiyi sifatida ishlay boshlagan[5]. Shunga qaramay, 2023-yil avgust oyida Aicega (oʻsha paytda 49 yoshda edi) Belgrano Athletic jamoasi safida „Torneo Reubicación“ ligasiga oʻtish turnirida ishtirok etishini eʼlon qilgan[1][7][2]. Belgrano nihoyat San Martin bilan birga ikkinchi divizionga koʻtarilgan[8].
Boshqa ishlari
tahrirXokkeydan nafaqaga chiqqanidan soʻng, Aicega (nutrisiolog darajasiga ega) sport sharhlovchisi boʻlib ishlagan (Xokkey va TNT Argentina kanali uchun oʻyinlarini sharhlash bilan shugʻullangan)[9][10]. U, shuningdek, 2017-yilda ENARD („Ente Nacional de Alto Rendiiento Deportivo“ qisqartmasi) direktori sifatida ham qisqa davr mobaynida faoliyat yuritgan[11].
Manbalar
tahrir
- ↑ 1,0 1,1 Magui Aicega, histórica de Las Leonas, vuelve a jugar a los 49 años: el curioso motivo on TyC
- ↑ 2,0 2,1 Una histórica de Las Leonas vuelve del retiro a los 49 años para evitar el descenso de su equipo: „Me costó tomar una decisión“ on Infobae, 1 Aug 2023
- ↑ Una leyenda de Las Leonas vuelve a la actividad a sus 49 años para salvar a su equipo del descenso by Matías Petrone on ADN Positivo, 1 Aug 2023
- ↑ 4,0 4,1 A Magui Aicega le llegó la hora del adiós tras 15 años de éxitos on La Prensa, 22 Aug 2008
- ↑ 5,0 5,1 Magui Aicega: „Le di todo al hockey, y el hockey me dio todo“, interview to Aicega on BAC
- ↑ María Magdalena Aicega profile on Fundación Konex
- ↑ Magui Aicega volverá a jugar en Belgrano para la Reubicación on ESPN.ar
- ↑ Terminó el Torneo Reubicación A/B, quiénes jugarán en Primera A on ESPN, Nov 2023
- ↑ MAGUI AICEGA: „ME PREPARÉ MUCHO PARA HACER PERIODISMO“ on Provinciaradio.com.ar, 26 May 2021
- ↑ Magui Aicega: Leona de la revolución by Ximena Desaloms on Rockintalent, 8 March 2023
- ↑ Magui Aicega: „Eramos un grupo de chicas que le competíamos a las mejores del mundo con poco“ by Florencia Mó on Pagina/12 — 15 Mar 2022