Magellan boʻgʻozi — Janubiy Amerika materigi bilan Olovli Yer arxipelagi orasidagi boʻgʻoz. Atlantika okeanini Tinch okean bilan bogʻlaydi. Uzunligi 575 km, eng tor joyi 2,2 km, farvaterida eng sayoz joyining chuq. 19,8 m. Kuchli gʻarbiy shamollar boʻlib turadi. Suv osti qoyalari va sayozliklarining koʻpligi kema qatnovini qiyinlashtiradi. Magellan boʻgʻoziga Olovli Yerdan muzliklar kelib tushadi. Punta-Arenas (Chili) porti bor. Boʻgʻoz ilk bor (1520-yil) uni kesib oʻtgan portugal dengizchisi F. Magellan nomi bilan atalgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil