Magnit boʻronlari — kompas magnit milining surilishini qoʻzgʻatuvchi Yer magnit maydonining keskin oʻzgarishi. Magnit boʻronlari bir vaqtda Yer yuzining katta hududlarida, baʼzan butun Yer yuzida kuzatiladi. Magnit boʻronlari, koʻpincha, tun vaqtiga toʻgʻri keladi. U, odatda, qutbiy yogʻdu, momaqaldiroq, zilzila paytida sodir boʻladi va har 11 yilda kuzatiladigan Quyosh faolligining kuchayishi davrida tez-tez takrorlanib o'tadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil