Magnit kuchaytirgich
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Magnit kuchaytirgich - elektr signallarini kuchaytirish uchun moʻljallangan qurilma. Magnit kuchaytirgichda boshqariladigan elementlar ferromagnit oʻzakli induktivlik gʻaltaklari (qarang Induktivlik gʻaltagi) hisoblanadi. Ularda ikki oʻzgaruvchan magnit maydon mavjud boʻladi: biri — taʼminlash manbai chastotasida, ikkinchisi — kuchaytiriladigan signal chastotasida oʻzgaradi. Magnit kuchaytirgich lampali va tranzistorli kuchaytirgichlardan keskin farq qiladi. Magnit kuchaytirgich koʻproqoʻzgarmas tok yoki sekin oʻzgaradigan oʻzgaruvchan tok signallarini kuchaytirishda ishlatiladi. Kuchaytiriladigan signallar chastotalari diapazonini yuqoriroq chastotalar tomonga kengaytirish uchun Magnit kuchaytirgich lampali, yarimoʻtkazgichli, elektr mashina kuchaytirgichlari va boshqa bilan birgalikda qoʻllanadi. Magnit kuchaytirgich aniq oʻlchash asboblarida yirik agregatlar (prokat stanlari, ekskavatorlar va boshqalar) ni avtomatik boshqarish qurilmalari va boshqa sohalarda keng ishlatiladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |