Magnit maydonining manbasizligi
Magnit maydon manbaini aniqlash uchun elektromagnit induksiya qonunini ifodalovchi differensial tenglamaga murojaat qilamiz:
Vektor uyurmasining divergensiyasi nolga teng ekanligini hisobga olsak, yuqoridagi formulaga asosan,
ga ega boʻlamiz. Koʻrinib turibdiki, vaqtga bogʻliq emas. U faqat tekshirilayotgan nuqtaning vaziyatiga bogʻliq. Demak,
bu yerda nuqta radius-vektorining ixtiyoriy funksiyasi. Magnit maydon oʻzgarsa ham tekshirilayotgan nuqtada oʻzgarmasdan saqlanadi.
Agar zaryadlar harakatsiz va elektr maydon oʻzgarmas boʻlgan paytni boshlangʻich vaqt momenti desak, hech qanday magnit maydon mavjud emas, yaʼni , demak, , bu yerdan boʻladi. Koʻrinib turibdiki, fazoning ixtiyoriy nuqtasidagi har qanday magnit maydon kuchlanganligi uchun quyidagini yozish mumkin:
Bu ifoda elektrodinamikaning asosiy differensial tenglamalaridan biridir. Mazkur differensial tenglama magnit maydonining manbasiz ekanligini ifodalaydi. Elektr maydonning haqiqiy manbai elektr zaryaddan iboratdir. Lekin magnit maydonning maxsus haqiqiy manbai boʻlgan magnit zaryadlari mavjud emas.
Adabiyotlar
tahrirR.X.Mallin, Klassik elektrodinamika, Toshkent, 1974
Yana qarang
tahrirBu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |