Magniyli oʻgʻitlar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Magniyli oʻgʻitlar - tarkibida magniy boʻlgan oʻgʻitlar. Koʻpgina M.oʻ.da oʻsimliklar uchun zarur boʻlgan boshqa elementlar (kaliy, azot, fosfor) ham boʻladi. M.oʻ.ning turlari: kaliymagniyli konsentrat — donador, qotmaydigan kukun, tarkibida (8-9% MgO va 17,7-19% K2O); dolomit uni (dolomitning maydalangan mahsuloti, 20% MgO va 28% SaO); asosan, magniy metasilikatidan tashkil topgan serpentinit (32—43% MgO); magniy sulfat yoki epsomit (kamida 13,7% MgO va’8% NaCl bor); ammoniy magniy sulfat (ammoshenit) — mayda kristall qoʻsh tuz, suvda kam eriydi. Tarkibida 10% MgO va 7% N bor; dolomit-ammiakli selitra (10% atrofida MgO, 17% N va 14% SaO); magniy oksid yoki kuydirilgan magneziya (kamida 89% MgO) kiradi. M.oʻ. yerga bahorgi haydash vaqtida gektariga 10–70 kg solinadi. Asosan, kartoshka, lavlagi, tamakl, dukkakli va dondukkakli ekinlar va boshqa M.oʻ.ga talabchan. Ekinlarga magniy yetishmasligini ularning koʻrinishiga qarab aniqlash mumkin (qarang Oʻsimlikning oziqlanishi).[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |