Magnoliyadoshlar
Magnoliyadoshlar (Magnoliaceae) — ikki urugʻpallali oʻsimliklar oilasi. Daraxt va butalardan iborat. Barglari yaxlit, baʼzan boʻlakchali, cheti tekis, gullari yirik, toʻgʻri, ikki jinsli (kamdankam bir jinsli). Changchilari koʻp. Amerika va Osiyoning tropik va subtropik mintaqalarida 14 turkumi (240 ga yaqin turi) bor. Magnoliya, loladaraxt kabi turkumlarining turlari manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |