Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish — hokimiyatning bir turi; fuqarolarning joylarda davlat va jamiyat ishlarida ishtirokini taʼminlash, davlatning ayrim funksiyalarini amalga oshirish vositasi. Koʻpchilik mamlakatlarda mahalliy miqyosda davlat hokimiyati organlari tashkil etilmay, u yerda faqat Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari tuziladi. Mas, Rossiyada aholi hokimiyatning vakolatli organlari (munitsipial yigʻilishlar, kengashlar, qoʻmitalar va shahri k.), fuqarolarning tegishli boshqaruv organlari (mahalliy maʼmuriyat), yigʻinlari va boshqalar Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarishni amalga oshiradi. Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari, odatda, davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi. Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlarining tuzilishini aholi oʻzi mustaqil belgilaydi. Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlariga qonun asosida ayrim davlat va-kolatlari berilishi mumkin, bu vakolatlar davlat nazorati ostida amalga oshiriladi. Oʻzbekistonda joylarda mahalliy davlat hokimiyati organlari ham, Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari ham mavjud. Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarsa fuqarolarning yigʻinlari oʻzini oʻzi boshqarish organlari hisoblanadi (qarang Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari)[1].
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |