Mahkamlash detallari
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Ushbu sahifani Mahkamlovchi buyum bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Mahkamlash detallari — mashina va qurilmalarning qismlarini qoʻzgʻalmas qilib biriktiradigan detallar. Mashinasozlikning barcha tarmoqlarida keng qoʻllanadi. Mahkamlash detallari si-fatida, odatda, rezbali birikmalar: boltlar, vintlar, shpilkalar, gaykalar, shuruplar, shaybalar, shplintlar, shtiftlar ishlatiladi. Shakli va oʻchlamlari standartga mos keladigan rezba rezbali Mahkamlash detallarining asosiy detallari hisoblanadi. Biriktiriladigan detallarga rezba qirqilib, bolt, gayka, shaybalar yordamida boltli birikma hosil qilinadi. Detallarda ochiq teshik hosil qilish talab qilinmagan hollarda vintlar va shpilkalardan foydalaniladi. Biriktiriladigan detallarni ezmaslik, qirmaslik uchun bolt va gayka ostiga shaybalar qoʻ-yiladi. Stopor shaybalari va shplintlar titrashlar va zarbalarda gaykaning oʻz-oʻzidan buralib ketishdan saqlaydi. Har qaysi mamlakat chegaralarida Mahkamlash detallarining oʻlchamlari va shakllari unifikatsiya qilinadi (birxshtlashtiriladi, yaʼni standartlashtiriladi)[1].
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |