Mahmud al-Armaviy
usulshunos faqih, mutakallim, faylasuf (hakim), mantiqshunos, qozi
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mahmud ibn Abu Bakr ibn Homid ibn Ahmad al-Armaviy, at-Tanuxiy, ad-Dimashqiy, ash-Shofiʼiy (Sirojuddin) — usulshunos faqih, mutakallim, faylasuf (hakim), mantiqshunos, qozi boʻlgan. U kelib chiqishi jihatidan Ozarbayjon oʻlkasidagi Urmiya shahrida milodiy 1198-yil (hijriy 594-yil) da tavallud topgan. Mosulda oʻqigan, Damashqda yashagan. Mahmud al-Armaviy milodiy 1283-yil (hijriy 682-yil) da Quniyada vafot etgan.
Mahmud al-Armaviy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | milodiy 1198-yil (hijriy 594-yil) |
Vafoti |
milodiy 1283-yil (hijriy 682-yil) Quniya |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | usulshunos faqih, mutakallim, faylasuf (hakim), mantiqshunos, qozi |
Asarlari
tahrir- „Sharhu-l-vajiz“ (Imom Gʻazzoliyning shofiʼiy fiqh sohalari haqidagi „al-Vajiz“ asariga sharh")
- „Lavomiʼu-l-asror fi sharhi lavomiʼi-l-anvor“ (Mantiq ilmiga oid „Sharhu lavomiʼi-l-anvor“ haqidagi sirlarning jilolanishi")
- „Talxisu-l-arbaʼin fi usuli-d-din“(ar-Roziy qalamiga mansub „Din asoslari haqidagi arbaʼin“ asarining qisqacha mazmun-mohiyati", muallif uni „al-Lubob“, „Oʻzak“ deb atagan)
- „Sharhu-l-ishorot“ (Ibn Sinoning mantiq va falsafa haqidagi „al-Ishorot“ asariga sharh")
- „Muxtasaru-l-mahsul“ (Faxruddin ar-Roziy qalamiga mansub fiqh ilmi asoslari haqidagi „al-Mahsul“ asarining qisqartirilgan shakli", muallif uni „at-Tahsil“ deb atagan)
- „Kitobu bayoni-l-haqq“ (Falsafa ilmiga oid boʻlmagan „Haq bayoni haqidagi kitob“)
- "Tahsilu-l-usul min kitob „al-Mahsul“ („al-Mahsul“) kitobidan fiqh asoslarini oʻqib oʻrganish"[1]
Manbalar
tahrir- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 107-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |