Mahmud az-Zanjoniy
faqih, usulchi, mufassir, muhaddis va tilshunos
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mahmud ibn Ahmadibn Mahmud ibn Muxtor az-Zanjoniy, ash-Shofiʼiy (Abulmanoqib) — faqih, usulchi, mufassir, muhaddis va tilshunos boʻlgan. Bag‘dodni vatan tutingan. Qozining noibi boʻlib ishlagan. Nizomiyada taʼlim olgan. Mustansiriyada hadis eshitgan. Bag‘dodda milodiy 1258-yil (hijriy 656-yil) shahid boʻlgan.
Mahmud az-Zanjoniy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti |
milodiy 1258-yil (hijriy 656-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | faqih, usulchi, mufassir, muhaddis va tilshunos |
Asarlari
tahrir- „as-Sehr al-halol fi gʻaroibi-l-maqol fi furuʼi fiqhi-sh-shofiʼiy“ („Shofiʼiy furuʼ al-fiqhida gʻaroyib gaplardagi halol sehr“)
- „Tazhibu-s-sihoh li-l-Javhariy fi-l-lugʻat“ ("Javhariyning tilga oid „Sihoh“ini yaxshilash")
- „Tafsiru-l Qurʼon“ („Qurʼon tafsiri“)
- „Taxriju-l-furuʼ ala-lusul“ („Furuʼni usuldan ajratish“)[1]
Manbalar
tahrir- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 107-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |