Mahmudxon Ahmadxonov (1896—1938) — davlat va jamoat arbobi. Mahmudxon Ahmadxonov 1896-yil Qoʻqon shahrida tavallud topgan. Uning otasi ulgurji choy savdosi bilan shugʻullangan. Otasi Ahmadjon Hasanov paxta tozalash zavodi egasi boʻlgan. Mahmudxon Ahmadxonov 1910-yilgacha Qoʻqondagi mashhur jadid muallimi Salohididdin Majidovning yangi usul maktabida tahsil oladi. U 1911—1915-yillar madrasada taʼlim oladi va mustaqil ravishda rus tili va fors tilni oʻrganadi. U dastlab Sulaymon Shayx Nurxonov idorasida ishlay boshlaydi. Qoʻqondagi taraqqiyparvarlik harakatiga Mahmudxon Ahmadxonov 1915—1917-yillarda faol ishtirok etadi[1]. Mahmudxon Ahmadxonov 1917-yil fevral inqiloblaridan soʻng Qoʻqon maʼrifatparvarlarning „Tamim Maorif“ tashkilotiga „Shoʻroyi Islom“ning vakili sifatida ishlay boshlaydi. 1919-yil kompartiyaga kirib, Qoʻqon uyezdida milliy ishlar boʻyicha vakil, 1919—1920-yillar Qoʻqon shahar va uyezdida inqilobiy qoʻmita raisi boʻladi. U faoliyati davomida 1921—1922-yillar davomida Fargʻona viloyati xalq xoʻjaligi soveti raisi oʻrinbosari va Fargʻona viloyati madaniy ishlar boshqarmasi boʻlimi mudiri, 1922—1923-yillar inqilobiy qoʻmita raisi, 1923-yildan 6 oy davomida Qoʻqonda viloyat militsiya boshligʻining oʻrinbosari, 1924—1927-yillarda Fargʻona viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi, 1927—1929-yillarda Qoʻqonda viloyat Oʻzdavrnashr idorasida boʻlim boshligʻi lavozimlari ishlaydi. Mahmudxon Ahmadxonov 1929-yil Milliy Ittihod tashkilotining aʼzosi degan boʻhton bilan 11 oy qamoqda saqlangan. Mahmudxon Ahmadxonovni 1942-yil 19-aprel kuni Fargʻona viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan qamoqqa olish uchun orden beriladi. 1942-yil Mahmudxon Ahmadxonov OʻzSSR JKning 66-moddasi II bandi, 67-moddasi bilan 10-yilgacha MTLga hukm etiladi. 1943-yil 3-mart kuni jazoni ijro etish uchun Mahmudxon Ahmadxonov Utoijemlagga surgun qilinadi[2].

Mahmudxon Ahmadxonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1896-yil
Qoʻqon shahri
Vafoti 1938-yil


Manbalar

tahrir
  1. Irzayev B. Qoʻqon tarixidan lavhalar. Toshkent: „Akademnashr“, 2020 — 240-bet. 
  2. Hasanov B. Tarixning nomaʼlum sahifalari VIII kitob. Toshkent: „Akademnashr“, 2018 — 304-bet.