Mahtumquli Mahmudov
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mahmudov Mahtumquli Xudoyberdiyevich (1969.29.7, Angor tumani) — kurashchi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi, „Oʻzbekiston iftixori“ (2000). 10 yoshidan kurash bilan shugʻullanadi. M. Toshkent avtomobil-yoʻllar institutini tugatgan (1992). At-Termiziy xotirasiga bagʻishlangan xalqaro musobaqalarning bir necha bor gʻolibi (1995, 1997, 1999). 73 kg vaznda Oʻzbekiston chempioni (2000, Samarqand), jahon chempionati bronza medali sovrindori (1999, Toshkent), jahon chempioni (2000, Antaliya).[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |