Do major

C D E F G A B c | c B A G F E D C |
Garmonik do major

C D E F G _A B c | c B _A G F E D C |
Melodik do major

C D E F G A B c | c _B _A G F E D C |

Major (lotincha: major — katta) — 1) koʻp ovozli kompozitorlik musiqa ijodida asosiy garmonik ladlardan biri (aksi minor). Yevropa musiqasida XVI-XVII asrlardan rivoj topdi. Uning tayanch tovushlari (I, III va V pogʻonalari) katta 3 tovushli akkordni hosil qiladi. Major tizimida bastalangan asarlarga koʻproq yorqinlik, koʻtarinkilik ruhi, ijobiy his-tuygʻular xosdir. Major va minor orasidagi qarama-qarshilik musiqa sanʼatining nihoyatda muhim ifoda vositalaridan;

2) keng maʼnoda — lad turi; bosh tayanch pardaga nisbatan katta tersiya intervent oraligʻida joylashgan 3- pogʻona bilan belgilanadi. Shu maʼnoda ioniy, lidiy, miksolidiy kabi tovushqatorlar major xususiyatiga ega. Oʻzbek anʼanaviy musiqasida, ayniqsa, miksolidiy major koʻproq uchraydi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil