Majburiyat huquqi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Majburiyat huquqi - majburiyatlarga oid munosabatlarni tartibga solib turuvchi fuqarolik huquqiy normalar majmui. Majburiyat huquqi Oʻzbekiston Respublikasi FK 3-boʻlimini tashkil qiladi va u 2 qismdan — majburiyatlar toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar hamda majburiyat turlari koʻrsatilgan maxsus qismdan iborat. Umumiy qoidalarda majburiyat tushunchasi va uning qoʻllanishi bilan bogʻliq munosabatlar doirasi, majburiyatning vujudga kelish asoslari hamda majburiyatning taraflari tavsiflab berilgan, majburiyatni bajarish, bajarilishini taʼminlash usullari, majburiyatdagi shaxslarning oʻzgarishi, majburiyatni buzganlik uchun javobgarlik, majburiyatning bekor boʻlishi asoslari koʻrsatib oʻtilgan. Maxsus qism normalari alohida majburiyatlarni tartibga soladi.
Majburiyatlar majburiyat shartlariga va qonun hujjatlari talablariga muvofiq, bunday shartlar va talablar boʻlmaganida esa — ish muomalasi odatlariga yoki, odatda, qoʻyiladigan boshqa talablarga muvofiq lozim darajada bajarilishi kerak. Majburiyatning bajarilishi neustoyka, garov, qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish, kafillik, kafolat, zakalat hamda qonun hujjatlari yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa usullar bilan taʼminlanishi mumkin. Majburiyatlar qonunlarda yoki shartnomada nazarda tutilgan asoslarga koʻra, toʻliq yoki qisman bekor boʻladi.[1]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |