Majed Asad stadioni – Falastinning Gʻarbiy Sohilidagi Al-Bireh shahridagi futbol assotsiatsiyasiga tegishli stadion. Stadion qurilishi Fransiya va Germaniya hukumatlari yordami bilan moliyalashtirilgan. Fransiyalik futbolchi Lilian Thuram ochilish marosimida ishtirok etib, Falastin kubogi finalining ilk zarbasini amalga oshirgan[1].

Majed Asad stadioni
Oldingi nomlari Al-Bireh xalqaro stadioni
Manzili Al-Bireh, Gʻarbiy Sohil, Falastin
Koordinatalari 31°54′25″N 35°13′29″E / 31.90694°N 35.22472°E / 31.90694; 35.22472
Sigʻimi 9000
Chim turi maysa, gazon
Ochilgan 2011

Al-Nakba xalqaro futbol turniri

tahrir

Stadion 2012-yilgi Falastin xalqaro kubogi oʻyinlari boʻlib oʻtadigan joy boʻlgan. Stadionda Vetnam va Pokiston jamoalari oʻzaro oʻynagan[2].

Manbalar

tahrir
  1. „Thuram opens West Bank stadium“ (2011-yil 15-aprel). Qaraldi: 2017-yil 9-iyul.
  2. Rahim. „Alnakba International Football Tournament“. The Olympic Sports. Qaraldi: 2017-yil 9-iyul.