Majma' az-zavoid
“Majma’ az-zavoid va manba’ al-favoid” (arab. مجمع الزوائد ومنبع الفوائد) - Ali ibn Abu Bakr Haysamiy (1335—1404) tomonidan yozilgan ikkinchi darajali sunniy hadislar toʻplami. Unda avvalgi birlamchi toʻplamlarning “noyob” hadislari jamlangan.
Muallif(lar) | Ali ibn Abu Bakr Haysamiy |
---|---|
Til | arabcha |
Janr(lar)i | Hadis |
Tavsif
tahrirAz-Zavoid
Asrlar oʻtishi bilan ba’zi mualliflar birlamchi toʻplamlardan olingan ikkinchi darajali hadis toʻplamlarini yoza boshladilar. Bu asarlarni yaratish usullaridan biri “az-zavoid”, ya’ni bir toʻplamda uchrab, boshqa bir toʻplamda mavjud boʻlmagan har qanday “noyob” hadislarni jamlash edi. Bunda koʻpincha oltita sahih hadis toʻplamida uchramaydigan hadislar olinar edi[1].
Majma’ az-zavoid
“Majma az-zavoid” asari hadis jamlashdagi az-zavoid metodologiyasining yorqin namunasidir. Unda Ahmad ibn Hanbalning “Musnad”i, Abu Yaʼlo Mavsiliyning “Musnad”i, Abu Bakr Bazzorning “Musnad”i va Tabaroniyning uchta toʻplami: “al-Muʼjam al-Kabir”, “al-Mu’jam al-avsat” va “al-Mu’jam as-sagʻir”dan olingan 18700 ta hadis mavjud. Haysamiy toʻplagan hadislar oltita sahih hadis toʻplamlarida uchramaydigan hadislardir[2].
U avvalgi hadis toʻplamlaridan jamlangani va hadislarning isnodini oʻz ichiga olmagani uchun ikkinchi darajali hisoblanadi. Manba kitoblari asosan musnad tarzida tartiblangan boʻlsa-da, “Majmaʼ az-zavoid”ning oʻzi fiqhga oid dolzarb boblar sarlavhalari boʻyicha tartiblangan[1] . Muallif har bir hadisning sahihligiga izoh berib, ayrim roviylarning ishonchliligini baholagan[3] Biroq, u oʻzi baholagan hadisga nisbatan hukmlarida biroz yumshoq boʻlgan hisoblanadi[1].
E’tirof
tahrirKattoniy “al-Majma’ az-zavoid”ni “eng foydali hadis kitoblaridan, toʻgʻrirogʻi, unga teng keladigan kitob yoʻq va muqobili hali yozilmagan” deb taʼriflagan[3].
Yozilish tarixi
tahrir• “Majma’ az-zavoid” muallifning oldingi bir qator asarlarini oʻzida jamlagan. Bu asarlar quyidagilar:
• “Gʻoya al-maqsad fi zavoid al-Musnad”: Imom Ahmad musnadining zavoidi;
• “Al-Bahr az-zahhor fi zavoid Musnad al-Bazzor”: Bazzor musnadining zavoidi;
• Abu Ya’lo al-Mavsiliy “Musnadi”ning zavoidi;
• “Al-Badr al-munir fi zavoid al-mu’jam al-kabir”: Tabaroniyning “Al-Mu’jam al-kabir” asarining zavoidi;
• “Majma al-bahrayn fi zavoid al-mu’jamayn”: Tabaroniyning “al-Mu’jam al-avsat” va “al-Mu’jam as-sag’ir” asarining zavoidlari.
Nashrlari
tahrir• Asar Hijriy 1352–1353/milodiy 1933-1934 yillarda Qohirada bosilgan. • Muassasa al-Maorif tomonidan 1986-yilda Bayrutda jami 5 jildda chop etilgan (har bir jildda 2 qismdan iborat). Unga Iroqiy va Ibn Hajar Asqaloniyning tahriri kiritilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Buhuth fi Tarikh al-Sunnah al-Musharrafah, by Diya Ikram al-'Umari, pg. 366-7, Maktabah al-'Ulum wa al-Hikam, Madinah, Saudi Arabia, fifth edition, 1994.
- ↑ „MAJMA' AZ-ZAWAID OF IMAM AL-HAYTHAMI“. sifatusafwa.com.
- ↑ 3,0 3,1 al-Risalah al-Mustatrafah, by al-Kattani, pg. 171-2, Dar al-Bashaʼir al-Islamiyyah, seventh edition, 2007.