Majnuntol
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Majnuntol (Salix babylonica L.) — toldoshlar oilasiga mansub daraxt. Boʻyi 8–10 m cha. Poyasi tik, novdalari tuksiz, yaltiroq, uzun va ingichka, egilib oʻsadi. Bir yillik novdalari esa mayin tuk bilan qoplangan. Bargi oddiy, nashtarsimon poyada ketma-ket joylashgan. Guli bir jinsli, toʻpguli kuchalasimon. Mart—aprelda gullaydi, urugʻi tukli. M. manzarali daraxt sifatida koʻp oʻstiriladi. Novdalaridan savatlar, shisha idishlarning gʻiloflari, har xil mebel anjomlari va boshqa toʻqiladi. M. qogoz ishlab chiqarish va teri oshlashda ham ishlatiladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |