Major (urugʻ)
Major, majarlar — oʻzbek urugʻlaridan biri. M. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Samarqand atrofidagi togʻ yon bagʻirlarida va Narpay arigʻi boʻylarida, Shahrisabz vohasida yashagan. 1924—26 yillardagi aholi roʻyxatida 3 ming kishi boʻlganligi qayd etilgan. Bundan tashqari, oʻzbek saroylar (qarang Saroy) tarkibiga kirgan urugʻlardan birining nomi M. (majorsaroy) boʻlgan. Baʼzi olimlar oʻzbeklar tarkibidagi M.larning ilk ajdodlari qadimdan Kama daryosi boʻylarida yashab, keyinchalik vengerlar etnogenezida muhim rol oʻynagan madʼyar qabilalari bilan aloqador boʻlsa kerak deb hisoblaydilar.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |