Makaron mahsulotlari - bugʻdoy uni hamirilan quritib tayyorlanadigan oziq-ovqat mahsulotlari. Makaron mahsulotlari turli oʻlcham va shakllarda ishlab chiqariladi. Shakli va oʻlchamlariga koʻra, makaron (uz. kamida 15 sm, qalinligi 1,5 mm dan ortiq boʻlmagan naysimon mahsulot), ugra, vermishel, shakldor (chiganoq, yulduzcha va boshqalar) xillari bor. Makaron mahsulotlari toʻyimliligi va taʼmi buzilmasdan uzok, saqlanishi, oson pishishi bilan boshqa mahsulotlardan ajralib turadi. Tarkibida 12—13% oqsil moddalar, 70% dan oshik, uglevodlar mavjud. Namligi 12,5—13% oshmaydi. Makaron mahsulotlari uzluksiz ishlaydigan avtomat liniyalar oʻrnatilgan maxsus Makaron mahsulotlari f-kparida ishlab chiqariladi. Oʻzbekistonda non kombinatlari qoshida Makaron mahsulotlari sexlari mavjud (yana qarang Makaron sanoati).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil