Makaronli salat (inglizcha: Pasta salad, Pasta fredda, italyancha: Insalata di pasta — bir yoki bir necha turdagi makarondan tayyorlangan, deyarli har doim sovuq holatda boʻladigan[1], qayla sifatida sirka, yogʻ yoki mayonez qoʻshilgan salat. Uni dasturxonga gazak, garnir yoki asosiy taom sifatida tortish mumkin. Makaronli salat Italiyada Primo piatto — tanovul boshlanishi bilanoq isteʼmol qilinishi mumkin boʻlgan birinchi taom hisoblanadi. Shuningdek, uydan tashqarida, aperitif bilan birga, piknikda, ishda yoki maktabda eʼlon qilingan tanaffus vaqtida isteʼmol qilinishi mumkin[2]. Makaronli salat bahorgi va yozgi yegulik hisoblanadi, ammo uni butun yil davomida tayyorlash mumkin.

Tarkibiy masalliqlar

tahrir

Tarkibiy masalliqlar mintaqa, restoran, mahsulotlar yetiladigan mavsum va oshpazning fikriga koʻra oʻzgarishi mumkin. Salat mayonez va baʼzi sabzavotlar bilan aralashtirilgan sovuq makaron holatida oʻta oddiy yoki sirka va turli xildagi yangi, konservalangan, pishirilgan masalliqlar bilan aralashtirilgan bir necha turdagi pasta (makaron mahsulotlari) dan murakkab usulda tayyorlanishi mumkin. Ditalini kabi qoʻshimcha makaron turlaridan foydalansa ham boʻladi. Salat uchun ishlatiladigan masalliqlar orasida sabzavotlar, dukkaklilar, pishloqlar, yongʻoqlar, koʻkatlar, ziravorlar, goʻsht, parranda goʻshti va dengiz mahsulotlari ham uchraydi[3][4]. Shimoliy Amerikaning salat-barlarida makaronli salatni tayyorlash uchun brokkoli, sabzi, makkajoʻxori, bodring, zaytun, piyoz, loviya, noʻxat, parmezan yoki feta pishlogʻidan foydalanishadi.

Tayyorlanishi

tahrir

Salat uchun tanlab olingan makaron turli oʻlchamda boʻlishi mumkin, odatda oshpazlar uning kalta turlarini afzal koʻrishadi. Makaronni pishirib olgandan keyin qayla bilan aralashtirish va stolga tortishdan oldin suvda chayib olish tavsiya etiladi. Buning sababi kraxmaldan xalos boʻlish va makaronlarning bir-biriga yopishib qolmasligini taʼminlashdir[5]. Yana bir muqobil variant — makaronga yogʻ (masalan, zaytun moyi) solib qorishtirishdir, buni pishirish jarayonidan keyin yoki makaron qaynatiladigan suvga yogʻ qoʻshish orqali amalga oshirish mumkin. Makaron yuzasidagi yogʻ qatlami tufayli bir-biriga yopishib qolmasligi uchun uni soviguniga qadar alohida yoyib chiqsa ham boʻladi. Vetchina va kolbasa mahsulotlari, pishloqning koʻplab turlari makaron bilan yaxshiroq aralashishi uchun mayda toʻrtburchak shaklida toʻgʻraladi.

Galereya

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. AA. VV., Insalate di pasta e di riso, in Verdure crude e insalate, Giunti, 2002.
  2. Ecco 15 insalate di pasta da fare al volo, Silvia Frau
  3. „Ditalini Chopped Salad“ (15-avgust 2012-yil). Qaraldi: 16-sentabr 2014-yil.
  4. „Seafood Pasta Salad“. Australian Women's Weekly (15-avgust 2015-yil). 2016-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-sentabr 2014-yil.
  5. Franco Berrino, Settimana primaverile-estiva, in Il cibo dell’uomo, FrancoAngeli, 2015.