Makedonlar - 1) Qad. Makedoniya aholisi; 2) Makedoniya tarixiy viloyatida yashovchi turli etnik guruhga mansub aholi nomi; 3) xalq, Makedoniya (sobiq Yugoslaviyaning Makedoniya Respublikasi) ning asosiy aholisi. Bolgariyada, Shim. Gretsiyada (150 ming kishi), AQShda (30 ming kishi), Avstraliyada (115 ming kishi) yashaydi. Umumiy soni 1,77 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari), shu jumladan, Makedoniyada taxminan 1,63 mln.kishi makedon tilida soʻzlashadi. Dindorlari — pravoslavlar, sunniy musulmonlar ham bor. M. dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandlik bilan shugʻullanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil